Позвольте представить стихи собственного производство. (Извините но это на узбекском языке. )
Sensiz baxt nechun?
Go'zallarning malikasi deymu seni,
Qizlar ichra sarasimu deymu seni?
Robbim bergan aziz do'stim deymu seni,
Izlaganim, ko'p kutganim deymu seni?
Sevasanmi, yoqamanmi, senga desam,
Indamaysan, jimsan, savol so'rasam.
She'rlar yozarkansan ko'p-ko'p bilsam,
Kimga bu, nechun bu, jimsan so'rasam.
Qaysi kun kelarkin, seni ko'raman,
Bemalol-hotirjam seni suyaman?!
Ko'zlaring so'zini o'qib ko'raman,
Bilmam qanchalar ko'p seni suyaman?!
Dunyo menga qorong'u sensiz,
Suvsiz saxro misli, hayotim sensiz.
Ishonmaysan so'zimga afsus,
Bilsang baxtim butunmas sensiz!
19.10.2004